Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:18

O‘zbekistonda Ramazon oyi bu yil 6 iyundan boshlanadi


O‘zbekistonda muborak Ramazon oyining boshlanishi bu yil 6 iyunga to‘g‘ri keladi. Bu O‘zbekiston prezidentining 1 iyun kuni imzolangan qarorida qayd etilgan.

Ayni paytda O‘zbekiston Musulmonlar diniy idorasi mazkur sana 5 iyun oqshomida o‘zgarishi mumkinligini ehtimoldan soqit qilmayapti.

Prezident qarorida “Ramazon oyini joylarda milliy an’ana va qadriyatlar, urf-odatlarga mos va uyg‘un tarzda o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish haqida ko‘rsatma berilgan”.

Ma’lum bo‘lishicha, bu yil ham diniy idora O‘zbekistondagi restoran, kafe va oshxonalarda, bundan tashqari, aholi uylari va masjidlarda iftor o‘tkazmaslik haqida Toshkent shahar hokimiyatiga tavsiya bergan.

XS
SM
MD
LG