Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:51

“Ozodlikchilar, O‘zbekistonga qaytishimga yordam bering!”


O‘zining surati sifatida O‘tkirbek Ozodlikka jo‘natgan surat
O‘zining surati sifatida O‘tkirbek Ozodlikka jo‘natgan surat

Sarlavhaga chiqarilgan iltimos bilan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi Aqtau shahridan Ozodlikka xat keldi. Maktub muallifi - 18 yashar o‘zbekistonlik o‘smir og‘ir mehnat va otasining kaltaklashlariga chidolmay qolganidan, O‘zbekistonga qaytishning yo‘lini topolmayotganidan arz qilgan.

O‘zini O‘tkirbek, deb tanishtirgan o‘smir iltimosi bitilgan audioxatga surati va yashab-ishlab turgan joyining google-xaritasini ilova qilgan.

Aytishicha, O‘tkirbek Andijonda tug‘ilgan. Bolaligida ota-onasi ajrashib ketgan va u otasining qo‘lida qolgan.

- Hozir men Mang‘ishloqning Aqtau shahrida, 28 mikrorayonida oshxonada ishlayman. Ba’zi bir kelishmovchiliklar tufayli dadam bilan o‘rtamizda tez-tez janjal chiqib turadi. O‘zbekistonga ketaman, desam, unamaydi. Yana 2-3 yil ishlaysan, uy-joyni bitiramiz, keyin ketasan, deydi. Mana bugun ham tayoq yedim, deydi O‘tkirbek Ozodlikka yo‘llagan audioxatida.

Xati davomida O‘tkirbek iltimosini konkretlashtirib, bunday deydi:

- Menga O‘zbekistonga qaytishimga yordam bera olasizlarmi? Kelganimga 6 oy bo‘ldi, deydi o‘smir.

Uning yana bir gapi esa, tashvish va xavotir uyg‘otadigan gapdir.

- Zo‘rg‘a chidab yuribman, o‘z jonimga qasd qilib qo‘yishim ham mumkin. Men bu narsaga aniq boraman. Bundan ko‘ra, o‘lganim yaxshi, deydi O‘tkirbek.

O‘smir, ayni paytda, agar uning taqdiriga huquq-tartibot idoralari aralashguday bo‘lsa, otasiga gap tegib qolishi mumkinligini ham tushunadi va bunday deydi:

- Men ortga qaytsam, otamga biron-bir ziyon yetib qolmasligini istayman.

O‘tkirbek o‘ziniki sifatida yozib yuborgan telefonni uning o‘zi emas, balki qozoq tilida javob bergan ikki kishi: bir erkak va bir ayol ochdi va ular zarda bilan hech qanday O‘tkirbekni bilmasliklarini aytdi.

Lekin Ozodlik muxbiri O‘tkirbek aytgan Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanidagi MTS degan joydan uning 30 yashar tog‘asi Asilbekni topdi.

Asilbekning aytishicha, uning opasi – O‘tkirbekning onasi Samarqandning Kattaqo‘rg‘oniga turmushga chiqqan. Ikki qiz, bir o‘g‘illik bo‘lgach, er-xotin ajrashib ketgan. O‘tkirbek ota qo‘lida qolgan, ikki qiz - ona qo‘lida.

Jiyani Aqtauda ekanidan Asilbekning xabari borligi ma’lum bo‘ldi. “Besh yildan beri borishadi Qozog‘istonga. Kafeda somsa pishirishadi ota-bola”, dedi Asilbek.

- Jiyaningiz shunchaki zerikkanidan arz qilayaptimi yoki otasi chindan ham uradimi?

Bu savolga Asilbek “Pochchamiz ichib olsa, kallasi ishlamay qoladi, jiyanimga zulm o‘tkazib qo‘yayapti, shekilli. Xabar olay, deb kecha qo‘ng‘iroq qiluvdim, O‘tkirbek olmadi telefonni”, dedi Asilbek.

XS
SM
MD
LG