Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:44

Ukraina parlamenti adliya tizimini isloh qilish dasturini ma’qulladi


Ukraina parlamentining 335 deputati bugun G‘arb donorlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashning muhim qismi sifatida tavsiya etilgan adliya tizimini isloh qilishga qaratilgan dasturni ma’qullab ovoz berdi.

Mazkur dastur ijroiya hokimiyatining hakamlar tayinlanishiga ta’sirini cheklash va vakolatini suiste’mol qilganlarni daxlsizlikdan mahrum qilishni ko‘zda tutadi.

Sud tizimidagi poraxo‘rlik Xalqaro valyuta jamg‘armasi va’da qilgan 17¸5 milliard dollarlik qutqaruv dasturi asosida amalga oshirilishi talab qilinaëtgan Ukrainadagi islohotlar yo‘lidagi asosiy to‘siq deb ko‘rilmoqda.

Yangi dasturga ko‘ra¸ kelasi 12 oy ichida Ukrainada hokimiyat tizimlaridan mustaqil bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurash tizimi joriy etiladi.

Shuningdek¸ mamlakatdagi hakamlarning barchasini professional talablar asosida qayta saralovchi mustaqil komissiya ham tashkil etiladi.

Prezident Poroshenko¸ ukrain hakamlarining40 foizdan ko‘prog‘i yangi axloq talablariga javob bera olmasligini bildirdi.

XS
SM
MD
LG