Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:26

Turkiya Germaniyadagi elchisini maslahatlashuvga chaqirtirib oldi


Germaniya parlamentining quyi palatasi Turkiyada armanlar genotsidi bo‘lgani to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilgani Anqara hukumatining noroziligiga sabab bo‘ldi.

Turkiya prezidenti Rejab Toyyip Erdo‘g‘on mazkur rezolyutsiya “Germaniya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarga jiddiy putur yetkazishi”dan ogohlantirdi.

Turkiya rezolyutsiya qabul qilinishi ortidan Berlindagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib oldi, Germaniyaning Anqaradagi elchisi esa Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi.

Ayni paytda Armaniston tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan Germaniya nafaqat xalqaro darajada armanlar genotsidini tan olish va qoralash, balki genotsidlarning hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishidagi kurash harakatiga ham katta hissa qo‘shganini bildirdi.

2 iyun kuni Germaniya bundestagi qabul qilgan besh sahifalik ramziy hujjatda Turkiyada 1915-1916 yillarda 1¸5 millionga yaqin armani va boshqa nasroniylarning qirib tashlanishini genotsid sifatida xotirlash lozimligi aytiladi.

XS
SM
MD
LG