Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:35

Klinton Trampni "prezidentlikka noloyiq", deb atadi


AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan raqibi Donald Trampni “ehtirosli bo‘lgani uchun ham prezidentlikka noloyiq”, deb hisoblashini aytdi.

2 iyunda Kaliforniyaning San Diego shahrida so‘zlagan Klinton Trampning xalqaro siyosat bo‘yicha takliflari “xavfli darajada bir-biri bilan bog‘lanmaganini” aytib, milliarder nomzodni “Amerika yoki dunyoni tushunmaydigan odam” sifatida talqin qildi. Klintonga ko‘ra, “Tramp yadroviy kodlarni bilishga loyiq odam emas”.

Klinton o‘zi AQShning dunyodagi yetakchi rolini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani “aqlli va prinsipial tashqi siyosat”ni taklif qilayotganini aytib, “Agar Donald Tramp g‘alaba qilsa, unda Kremlda bayram qiladilar. Biz bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, deb bildirdi.

XS
SM
MD
LG