Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:04

Istanbulda yana portlash, kamida 11 odam halok bo‘ldi


Istanbul shahrining sayyohlar gavjum Boyazid mavzeida avtobus bekati yonida portlash sodir bo‘ldi. Politsiya portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani, o‘ttizdan ortiq odam yaralanganini bildirdi.

Guvohlarga ko‘ra, portlash 7 iyun kuni ertalab bekat oldidan politsiya avtobusi o‘tib ketayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Avtobus o‘tayotgan paytda yo‘l chetida turgan va ichiga bomba o‘rnatilgan avtomobil portlatilgani aytilmoqda.

Portlashdan so‘ng hududda otishma ovozlari ham eshitilgan.

Portlash uchun mas’uliyatni hozircha hech kim zimmasiga olgani yo‘q.

Turkiyada so‘nggi oylarda portlashlar tez-tez ro‘y bermoqda.

12 may kuni Istanbulda portlovchi modda to‘ldirilgan mashina portlatilgani oqibatida bir necha kishi jabr ko‘rdi.

Diyorbakir shahrida ham bir qator portlashlar amalga oshirildi.

Bundan avval Anqarada ham portlash sodir etilgan, yuzdan ziyod odam nobud bo‘lgandi.

Turkiya hukumati portlashlarda kurd radikallari va Yaqin Sharqdagi “Islomiy davlat” ekstremist guruhini ayblab keladi.

XS
SM
MD
LG