Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:38

Assad: Suriyani har bir qarich yerini ozod qilamiz


Suriya prezidenti Bashar al-Assad o‘z mamlakatining ham bir qarich yerini rejimi muxoliflaridan tozalashini ta’kidladi.

–Terrorizmni tag tomiri bilan yakson etmagunimizcha unga qarshi urushimiz davom etadi, - dedi Assad 7 iyun kuni hukumat nazoratidagi saylovlar orqali yangi saylangan parlament oldida qilgan chiqishida.

Suriya rahbari mamlakatdagi vaziyat bir oy avvalgidan ancha yaxshi ekanini qayd etdi.

– Yagona maqsadimiz g‘alaba, Suriyani saqlab qolish uchun boshqa yo‘l yo‘q, - dedi Assad.

O‘tgan hafta davomida Suriya kuchlari Rossiya harbiylari dastagi bilan bir qancha yerlarni qayta nazoratiga oldi.

Mart oyida Suriyadagi “Islomiy davlat” janggari guruhi ishg‘oli ostidagi yirik shahar Palmira shahrini qayta nazoratiga olgan edi.

XS
SM
MD
LG