Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:59

Hillari Klinton prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun yetarli ovoz yig‘oldi


AQSh prezidenti lavozimiga demokratik partiyadan nomzod bo‘lish uchun kurashayotgan sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton partiya qurultoyida o‘z nomzodi qo‘yilishi uchun delegatlardan zarur miqdorda ovoz jamg‘ara oladi.

Associated Press agentligi hisobiga ko‘ra, dam olish kunlari Puerto-Rikoda o‘tgan praymeriz natijalari e’tiborga olinsa, Klinton 2383 ta ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan, bu ovozlarning 571 tasi “superdelegat”larga doxildir.

Ayni paytda Klintonning partiyadosh raqibi Berni Sanders g‘olibni aniqlash uchun hali ertaligini aytmoqda. Vermontlik senator Sanders prezidentlikka nomzodi qo‘yilishi uchun oxirigacha kurashajagini bildirdi. Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod partiya vakillarining iyul oyida bo‘lib o‘tadigan qurultoyida ko‘rsatiladi.

Respublikachilar partiyasi ichida esa prezidentlikka nomzod o‘laroq Donald Tramp peshqadamlik qilmoqda.

XS
SM
MD
LG