Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:32

Jahon Banki O‘zbekiston YaIM o‘sish surati past bo‘lishini bashorat qildi


Jahon Banki (JB) O‘zbekiston Yalpi Ichki Mahsulotining 2017-2018 yillardagi o‘sish sur’ati 7,7 foizdan 7,2 foizga tushishini bashorat qildi.

Bu haqda JBning iyun oyida chiqargan obzorida ta’kidlangan.

O‘zbekiston Yalpi Ichki Mahsuloti o‘sish sur’atlarining kutilganidan kamproq bo‘lishi paxta, gaz va oltin kabi xom ashyo mahsulotlari narxlarining past bo‘lishi bilan izohlangan.

Bundan tashqari, JB xulosalariga ko‘ra, mehnat muhojirlari pul o‘tkazmalarining ozayishi ham O‘zbekiston Yalpi Ichki Mahsuloti o‘sish sur’atiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston hukumati mamlakat YaIM joriy yilda 7,8 foizga o‘sishini bashorat qilgan.

XS
SM
MD
LG