Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:31

Qirg‘izistonda sud prezident Atambaevga qarshi arizani ko‘rib chiqa boshladi


Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda mahkama 8 iyun kuni prezident Almazbek Atambaevga qarshi taniqli inson huquqlari himoyachilari topshirgan arizani ko‘rib chiqa boshladi.

Huquqbonlar To‘lekan Ismoilova va Aziza Abdurasulova Atamboevdan may oyida ularni "sabotajchi" deb atagani uchun rasman kechirim so‘rashni va ma’naviy zarar uchun 2 million qirg‘iz somi (29300 dollar) to‘lashni talab qilmoqdalar.

Ismoilovaning "Bir dunyo - Qirg‘iziston" va Abdurasulovaning "Qilim sha’mi" tashkilotlari qirg‘iz rasmiylarini 2010 yilda Qirg‘iziston janubida qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasidagi etnik to‘qnashuvlarga aloqador qator jinoiy ishlarni qaytadan ko‘rib chiqamayotgani uchun tanqid qilgan.

"Bir dunyo - Qirg‘iziston" tashkiloti o‘tgan oy hukumatning Azim Asqarov uyini tortib olishga qaratilgan amalini ham keskin qoralagan.

Etnik zo‘ravonliklarga aloqadorlikda ayblanib bir umrlik qamoq jazosiga hukm etilgan Azimjon Asqarov unga chiqarilgan hukm siyosiy vajlarga asoslanganini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG