Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:42

EgyptAir uchog‘i favqulodda qo‘nishi ortidan Urganch aeroporti berkitildi


EgyptAir aviashirkatiga qarashli Airbus A-330 uchog‘i portlash xavfi tufayli O‘zbekiston g‘arbidagi Urganch shahri xalqaro aeroportiga qo‘nishi ortidan aeroportda parvozlar bekor qilindi.

Airbus A-330 Qohiradan Pekinga xalqaro parvozni amalga oshirayotgandi.

Uchoq bortidagi 118 yo‘lovchi evakuatsiya qilindi.

Urganch xalqaro aeroporti mulozimining Ozodlikka ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar yuklari va uchoq mahalliy xavfsizlik xodimlari tarafidan tekshiruvdan o‘tkazilgan, lekin portlovchi moslama topilmagan.

Urganch xalqaro aeroportidagi Ozodlik manbalariga ko‘ra, uchoq hozir ham shahar aeroporti qo‘nalg‘asida qolmoqda, yo‘lovchilar esa tranzit hududiga o‘tkazildi.

- Yo‘lovchilar tezda evakuatsiya qilindi. Birma bir tekshirildi. Yetti tonna bagaj ham tekshirilyapti. Uchoqni ichi ham tekshirildi va hozir uchoq stoyankaga olib o‘tildi. Yo‘lovchilar aeroportning tranzit hududiga olib o‘tildi, - dedi aeroport mulozimi.

Urganch aeroporti mulozimlariga ko‘ra, ular 8 may kuni ertalab 7.16da Misr uchog‘ida portlatgich borligi haqida ma’lumot olganlar.

- 7.30da ekipaj bizga chiqdi. Biz ruxsat berdik, 7.58da qo‘ndi, - dedi aeroport mulozimi.

Uchoqning qachon Pekinga uchib ketishi noma’lum.

EgyptAir shirkati mulozimlari hodisa yuzasidan qo‘shimcha izoh berishmayapti.

O‘tgan oy EgyptAir shirkatining Parijdan Qohiraga parvoz qilgan Airbus-320 uchog‘i 66 nafar yo‘lovchisi bilan O‘rtayer dengizida halokatga uchragan edi.

Halokat sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov hozir ham davom etmoqda.

Shu yilning mart oyi oxirida esa Misr ichki yo‘nalishida parvoz qiladigan EgyptAir aviashirkatining A320 uchog‘i Iskandariya shahri aeroportidan Qohiraga parvoz qilgan payti yo‘lovchilardan biri tanasida xudkushlik kamari borligini aytib, parvoz yo‘nalishini o‘zgartirishni talab qilgan, aks holda uchoqni portlatish bilan tahdid qilgandi.

Uchoq Qibris aeroportiga qo‘ndirilgan, lekin tahdidchi yonidagi xudkushlik belbog‘i soxta bo‘lib chiqqandi.

XS
SM
MD
LG