Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:14

Sirdaryoda militsiya xodimlari jinsiy tajovuzda ayblanmoqda


Joriy yil 3 iyun kuni Sirdaryo viloyati Guliston tuman prokuraturasi tomonidan viloyatning Boyovut tuman ichki ishlar bo‘limi voyaga etmaganlar bilan ishlash bo‘yicha noziri, katta leytenant L. S. hamda uchastka noziri va militsiya safdori bo‘lgan ularning jinoiy sherigiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksning 118-moddasi 3-qismi “v” bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan nomusga tegish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, militsiya xodimlari 2016 yilning 13 may kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Yulduz” qo‘rg‘onida joylashgan Kasb-hunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi, voyaga yetmagan D. A.ning nomusiga tegib, jinoyat majmuasining o‘ta og‘ir jinoyatlaridan birini sodir etishgan. Jinsiy tajovuzda ayblangan militsiya xodimlari ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ozodlikning Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasidagi manbalaridan biriga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs nomusiga tekkan militsiya xodimlarining ikki nafari militsiya zobitlari bo‘lib, ularning uchinchisi oddiy safdordir.

Prokuratura idorasi tomonidan jinoiy ishga oid tergov harakatlari boshlangach, zo‘ravon militsiya xodimlari Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’muriyati tomonidan “Ichki ishlar idoralarida xizmatni o‘tashga oid Muvaqqat Nizom”ning 69-moddasi bilan ishdan chetlatilgan.

- Odatda, o‘zbekchilikda nomusi toptalgan qiz yoki juvon zo‘ravon shaxs bilan keyinchalik turmush rishtalarini bog‘laydi, bu ko‘p marta kuzatilgan. Afsuski, bu yerda vaziyat o‘zgacha, ya’ni voyaga yetmagan shaxsni guruh bo‘lib zo‘rlash holati kuzatilgan. Shu boisdan militsiya xodimlarini javobgarlikka tortishdan boshqa chora yo‘q. Tegishli ekspertizalar jinoyat sodir etilganini to‘liq isbotlagan. Guvohlarning ko‘rsatmalari ham etarli. Bu jinoyat uchun albatta Boyovut militsiyasi, hatto Sirdaryo viloyat militsiyasi rahbarlari ham intizomiy javobgarlikka tortiladi, - deydi Ozodlik manbasi.

Sirdaryo viloyati Boyovut tuman ichki ishlar bo‘limining uch nafar xodimiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi o‘z isbotini topsa, mamlakat jinoiy qonunchiligiga muvofiq, ular yetti yildan o‘n yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

O‘zbekistonda militsiya xodimlari tomonidan xotin-qizlarni zo‘rlash holatlari uchrab turadi.

O‘tgan yil avgustida Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida istiqomat qilgan militsiya xodimi tomonidan zo‘rlangan qiz o‘z joniga qasd qilgandi. Sirka ichgan qizning hayoti kasalxonada saqlab qolingan.

Ayollar koloniyasida ikki yildan ko‘proq o‘tirgan qo‘qonlik Muhayyo Odilova 2011 yili Ozodlikka tergov chog‘ida o‘zini zo‘rlaganlarning jazolanishi uchun kurashayotganini aytgandi.

2009 yili Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman Ichki ishlar bo‘limi tergov hibsxonasida surxondaryolik Rayhon Soatova militsionerlar tomonidan zo‘rlangani haqida Ozodlikka uning singlisi Xosiyat hikoya qilib bergandi.

XS
SM
MD
LG