Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:57

Farg‘onalik hokim fermerning onasini haqorat qilgani uchun kechirim so‘radi


O‘zbekistonda hokimlar va boshqa mansabdor shaxslarning o‘zidan past lavozimda bo‘lgan amaldor va fermerlarni urishi¸ haqorat qilishi ko‘p kuzatiladi.
O‘zbekistonda hokimlar va boshqa mansabdor shaxslarning o‘zidan past lavozimda bo‘lgan amaldor va fermerlarni urishi¸ haqorat qilishi ko‘p kuzatiladi.

Farg‘ona viloyati Furqat tumani fermeri Azizbek Alimatov hokim No‘’monjon Nazirovning qo‘pol va so‘kong‘ich rahbar ekanligidan Ozodlikka shikoyat qildi. Ozodlik tahririyatiga kelib tushgan va hokimning ovozi deb iddao qilinayotgan telefon suhbatlaridan birida hokim fermerning o‘zini, uning onasini, enasini uyat so‘zlar bilan qattiq haqorat qilgan. Fermer bu audioyozuvni Ozodlik radiosiga taqdim qildi. Hokim fermerni haqorat qilganini tan olib, kechirim so‘radi.

Furqat tumani hokimi No‘’monjon Nazirov 25 may kuni “Azizbek Furqatobod zamin” fermer xo‘jaligi raisi Azizbek Alimatovni o‘z dalasidan topolmagani uchun onasidan so‘kib, qattiq haqorat qilgan.

Bu haqda Ozodlikka gapirgan fermer Azizbek Alimatovga ko‘ra, o‘sha kuni u traktor sotib olish niyatida Qo‘qon shahriga borgan:

- O‘sha kuni hokim fermerlar dalasida seminar tashkil qilgan ekan. Mening xabarim yo‘q, bir og‘aynimni moshinasida Qo‘qonga traktor ko‘rgani borgan edik. Yo‘lda moshina buzilib qoldi. Bir payt hokim telefon qilib qoldi. Men ko‘nglim sezganday uni so‘kong‘ich odati borligi uchun telefonda zapisni bosib qo‘ydim. Keyin ushbu suhbat bo‘lgan:

- Salomalaykum.

- Men hokimman, tezda dalangga yetib kel qanchiq, (so‘kinish)... Tezda dalangga yetib kel, dalangni tepasida turibman man.

- Xo‘p, aka. Yo‘lda edik, moshina buzuq edi, hozir yetib boraman.

- Moshinangni ham, o‘zingni ham (so‘kinish)... Tezda yetib kelsangchi (so‘kinish)...

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:18 0:00
Бевосита линк

Taxminan o‘n besh minutlardan so‘ng hokim yana fermerga telefon qiladi:

- Alo?

- Yetib kelmaysanmi(so‘kinish)..., ellikta odam dalangda kutib turibdi.

- Aka, Qo‘qonda edim, moshina buzilgandi, ustaga olib kelgandik, aka.

- Enangni ham, ayangni ham eshak (so‘kinish)... Padaringga la’nat!

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:14 0:00
Бевосита линк

Bu audioyozuvda uyatli so‘zlar ko‘p bo‘lgani uchun, uning hammasini oqqa ko‘chirib bo‘lmaydi.

Hokim o‘zi aytganidek, ellik odamning oldida baqirib, fermerni haqorat qiladi.

Fermerning aytishicha, uning onasi Azizbekni onasidan, enasidan so‘kkanligi uchun o‘g‘lini yetaklab, hokim qabuliga borgan:

- Seshanba kuni onam meni hokimning qabuliga olib bor, dedilar. Olib bordim. Onam “hokim bova, onam rahmatli o‘tib ketganlaru, lekin mana men keldim. Topib bering o‘sha eshshagingizni, aytishdi. Hokim mulzam bo‘lib, indamadi. Onam “endi olti oy bo‘ldi fermer bo‘lganiga, men ham oyligimni shunga beryapman, bir ish qilsin, deb. Sizday odamga onadan so‘kinish, padaringga la’nat deyish yarashmaydi”, dedilar. Hokim bir og‘iz ham kechirim so‘ramasdan, seni o‘g‘ling ishlamaydi, baribir yeringni olaman, deb yana do‘q urdi, deydi fermer.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:53 0:00
Бевосита линк

Ozodlik bu voqeaga munosabat olish uchun Furqat tumani hokimi No‘’monjon Nazirov bilan bog‘landi. Hokim fermerni so‘kkanini tan olar ekan, uning onasidan kechirim so‘raganini aytdi:

- Bilaman uni, ayasi bilan keldi. Gaplashdik, kechirim so‘radim. O‘zidan kechirim so‘ramayman, onasidan kechirim so‘radim. Endi u paxtani ko‘rsangiz, yonib ketasiz. Siz mening o‘rnimda bo‘ling. Endi o‘zimdan chiqib ketib qolganmanda u paxtani ko‘rib. Lekin boshqa so‘kmayman, boshqa takrorlamayman, dedi tuman hokimi No‘’monjon Nazirov.

Azizbek Alimatovning aytishicha, u shu yilning yanvar oyida fermerlar erlarini maqbullashtirish tadbiri natijasida fermer bo‘lgan edi.

Asli kasbi agronom bo‘lgan 31 yashar Azizbek Toshkent davlat agrar universiteti aspiranturasini tugatib kelgandan so‘ng, tuman yer resurslari bo‘limida rahbar lavozimida ishlagan.

Azizbek hukumatga hech qanday xusumati yo‘qligini, faqat hokim fermerlarga odam sifatida muomala qilishni o‘rganish kerakligini aytadi:

- Prezidentimizni shunday gaplari bor. Faqat aqlsiz rahbargina stolni mushtlab, do‘q qilib, qo‘pollik bilan ish yuritadi, deganlar. Maqsadim, hamma ish muomala bilan bo‘lishini hokim anglab etsin. Hokim juda ko‘p fermerlarni haqorat qiladi. Ko‘pchiligi bu haqoratlarni hazm qilib yuboradi. Men hazm qilolmayman. Muomalani to‘g‘irlasin, shaxsiyatga tegmasin. Boshqa xusumatim yo‘q, dedi fermer.

Farg‘ona viloyati Furqat tumanining “Tajriba” fermer xo‘jaligi raisi, 70 yashar Ochil Begmatov ham hokimning haqoratlaridan fermerlar zada bo‘lib qolganini aytadi.

- E bu hokim hammani so‘kadi. Meni oldimda so‘kmaydi. Agar meni so‘ksa bo‘g‘ib tashlayman. Majlislarda maktab direktorlari, ayollar o‘tiradi. Farqi yo‘q, unday qilaman, bunday qilaman deb, og‘ziga kelgan haqoratli so‘zlar bilan so‘kaveradi. Betamiz bo‘lib ketdi tamoman. Prezidentimiz bunday hokimlar borligini bilmasalar kerakda, bo‘lmasa dumini tugib qo‘yardi, dedi Ochil Begmatov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:22 0:00
Бевосита линк

Mushtumzo‘r hokimlar

O‘zbekistonda hokimlar va boshqa mansabdor shaxslarning o‘zidan past lavozimda bo‘lgan amaldor va fermerlarni urishi¸ haqorat qilishi muntazam kuzatiladi.

Jumladan, bundan uch yil muqaddam Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani hokimi fermerni kam paxta topshirganlikda ayblab, onasini so‘kkan, kaltaklab-bo‘qqan edi. Kaltaklangan fermerning otasi kampirini etaklab hokimning oldiga kelgan-da “mana shu kampir sen so‘kkan ulimni (o‘g‘limning) enasi bo‘ladi, shuni so‘kkanmiding, mana olib keldim, qo‘lingdan kelsa “qil” degan. Fermerning otasi hokimni urmoqchi bo‘lganida uni ajratib olishgan.

2011 yilning sentyabrida aynan Muzrobod tumanidagi Ziyodillo Qo‘ldoshev mahallasida istiqomat qilgan 50 yashar fermer Ismoil To‘ranazarov hokim tazyiqlaridan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan edi.

Joriy yilning aprel oyida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hokimligida o‘tkazilgan majlis paytida mahalliy fermer Tursunali Sodiqov ichki ishlar bo‘limi rahbari tomonidan kaltaklanganidan bir kun o‘tib yurak hurujidan jon bergan edi.

Yana shu yilning aprel oyida Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari O‘ktam Ergashev 19 aprel kuni Kosonsoy tumanida o‘tkazgan yig‘ilishida o‘nga yaqin fermerni kaltakladi.

XS
SM
MD
LG