Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:31

Qirg‘izistonlik huquq faollarining prezident Atambaevga qarshi sudi keyingi haftaga qoldirildi


Qirg‘izistonlik huquq faollari To‘leqan Ismoilova va Aziza Abdirasulovalarning prezident Atambaevga qarshi bergan da’vo arizalarini sud 15 iyun kuni ko‘rib chiqishda davom etadi.

8 iyun kuni boshlangan mahkamada “Qilim shami” tashkiloti rahbari Aziza Abdirasulova prezident Atambaevdan kechirim so‘rashni va ma’naviy zarar o‘laroq 10 million qirg‘iz so‘mi (qariyb 147 ming dollar) to‘lashni talab qildi. Prezident uzr so‘rashi lozimligini ta’kidlayotgan “Bir dunyo – Qirg‘iziston” tashkiloti rahbari To‘leqan Ismoilova esa avvalroq suddan ma’naviy zarar sifatida Atambaevdan 2 million so‘m (29 ming dollardan ko‘proq) undirib berishni so‘ragan.

Huquq faollari va prezident o‘rtasidagi bu kelishmovchilikka Atambaevning 14 may - Onalar kuni bayramini nishonlash chog‘ida so‘zlagan nutqi sabab bo‘lgan. O‘shanda Qirg‘iziston prezidenti huquq faollariga “o‘zining xorijdan olgan grantlarini oqlayotganlar” deya ta’rif bergandi.

Ismoilova va Abdurasulova rahbarlik qilayotgan tashkilotlar qirg‘iz rasmiylarini 2010 yili mamlakat janubida qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasidagi etnik to‘qnashuvlarga aloqador qator jinoiy ishlarni qaytadan ko‘rib chiqmayotgani uchun tanqid qilib keladi.

To‘leqan Ismoilovaning tashkiloti o‘tgan oy rasmiylarning Azimjon Asqarov uyini tortib olishga qaratilgan harakatini ham keskin qoralagan.

Etnik zo‘ravonliklarga aloqadorlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan Azimjon Asqarov o‘ziga nisbatan chiqarilgan hukm siyosiy vajlarga asoslanganini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG