Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:49

Nemis telekanali Rossiya sport vazirini doping sinovlari natijalarini shaxsan yashirganlikda aybladi


Germaniyaning ARD telekanali Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutkoni doping sinovlari natijalarini yashirishga aloqadorlikda aybladi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Mutko va uning maslahatchisi Natalya Jelanova mustaqil komissiya tekshiruvini to‘xtatib qo‘yish uchun Jahon aksildoping agentligi prezidenti Kreyg Ridiga bosim o‘tkazganlar.

Jelanova Xalqaro chang‘i sporti federatsiyasi va Xalqaro biatlonchilar uyushmasi sinovlarini bir necha marta yo‘qqa chiqargan. Shuningdek, vazirlik ijobiy doping sinovlari haqidagi ma’lumotlar ochiqlanmasligi uchun go‘yo pora bergani iddao qilinadi. Moskva aksildoping laboratoriyasi sobiq rahbari Grigoriy Rodchenkovning ARD telekanaliga taqdim etilgan yozishmalaridan doping Rossiya futbolida ham borligi ayon bo‘ladi.

Film mualliflari doping sinovi natijalarini yashirish ishi shaxsan Vitaliy Mutko bilan kelishilgan, degan taxminni o‘rtaga tashlaganlar. Rossiya sport vaziri bu ayblovlarni rad qilmoqda. Mutkoga ko‘ra, bu filьmning maqsadi yengil atletikani tiklash bo‘yicha komissiya yig‘ilishi arafasida bu komissiyaga ta’sir o‘tkazishdir.

XS
SM
MD
LG