Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:41

Rossiyada erkin matbuot davlat telekanaliga qarshi tanqidiy kampaniya boshladi


Rossiyadagi ayrim mustaqil nashrlar AQSh manfaatlariga xizmat qilayotganlikda ayblangan NTV dasturidan lavha.
Rossiyadagi ayrim mustaqil nashrlar AQSh manfaatlariga xizmat qilayotganlikda ayblangan NTV dasturidan lavha.

Rossiyaning NTV davlat telekanali g‘arb mamlakatlariga qarshi olib borayotgan propagandasi uchun kutilmagan tanqidga uchradi. Telekanal hududiy gazetalardan birini Vashington chizig‘idan chiqmaslikda ayblaganidan keyin erkin matbuot o‘z hamkasbini himoya qila qilib, mamlakat bo‘ylab davlat telekanallaridagi targ‘ibotga qarshi kampaniya boshladi.

8 iyun kuni Rossiyadagi mustaqil gazetalar o‘z o‘quvchilarini NTV kanalini tomosha qilish xavfi haqida ogohlantirdi.

Ogohlantirishda “Ogoh bo‘ling! NTV kanalida jurnalistik materiallar niqobi ostida o‘zgartirilgan ma’lumot yoki propaganda olishingiz mumkin”, deyiladi.

Kampaniya tashabbuschisi Revda shahrida chop etiluvchi “Gorodskie vesti” gazetasining bosh muharriri Valeriy Bezpyatixdir.

Ozodlik bilan suhbatda Bezpyatix “Jurnalistika nazari bilan qaraganda shubha tug‘diradigan materiallarning xavotirli darajada ko‘pligini kuzatyapmiz. Bu kabi kampaniyalarsiz biror nima o‘zgarmaydi, deb o‘ylayman”, dedi.

Rossiyadagi ko‘plab jurnalist kabi Bezpyatix ham NTV kanalida 4 mart kuni efirga uzatilgan “AQSh Davlat departamenti qarzdorlari” deb nomlangan dasturda ilgari surilmish ayblovlar sabab g‘azablangan.

NTV Rossiyadagi muxolif matbuotni AQSh Tashqi ishlar vazirligi hamda milliarder sahovatpesha Jorj Soros “maxfiy ravishda” moliyalashtirishini iddao qildi.

Dasturda bir necha hududiy matbuot nashrlari, jumladan, “Yakutsk vecherniy” gazetasi alohida tilga olindi. NTV xodimlari mustaqil nashrlar AQShda joylashgan nodavlat tashkilotidan qarz olgani uchun ularni AQSh manfaatlariga xizmat qilishda aybladi.

Bunga javoban “Yakutsk vecherniy” 27 may kuni o‘z mushtariylarini NTV hamda kremlparast “Rossiya” kanalini ko‘rmaslikka chiqirdi.

Bu tashabbus ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Juda ko‘p rossiyalik mustaqil jurnalistika qisuvga olinayotgan bir paytda bunday yo‘l tutish jur’at va iroda talab qilishini aytmoqda.

Mustaqil hududiy nashrlar birlashmasi 4 mart kuni efirga uzatilgan dasturda qoralangan nashrlarni himoya qilib, dasturni “soxta tanbeh” deya atadi.

Ammo Bezpyatix “Yakutsk vecherniy” o‘z norozilik aksiyasi uchun nishonga olinayotganini, odamlar dastagiga muhtoj ekanligini aytdi.

“Bir shirkat yakka jang qilishiga qarab o‘tirish yaxshi emas. Ular bizning hamkasblarimizdir”, dedi u.

Bezpyatix yuzta matbuot nashriga o‘quvchilarni davlat telekanallaridagi targ‘ibot haqida ogohlantirishga chaqirib xat yubordi.

Uning aytishicha, muharrirlarning aksariyati aksiyada ishtirok etishga rozi bo‘lgan.

“Ularning ko‘pida hali vaqt bo‘lgani yo‘q. Ko‘pchilik keyingi haftada chop etadi”, deya so‘zini davom ettirdi Bezpyatix.

Bezpyatix 8 iyun kuni – kampaniyaning birinchi kunida nechta gazeta bunday ogohlantirish chop etganini aniq aytib bera olmadi. Ammo bir necha gazeta ijtimoiy tarmoqlarda aksiyada ishtirok etayotganini bildirdi.

Bezpyatix kampaniya “Yakutsk vecherniy”ni ko‘ngilsiz oqibatlardan himoya qilishiga umid qilsa-da, aktsiyaning yagona maqsadi o‘z hamkasblarini himoya qilish emasligini aytdi.

“Pirovardida, biz o‘zimizni hamda o‘zimizning korporativ qiziqishlarimizni jurnalistik etika, jurnalistika qoidalari va tushunchalarini e’tiborga olgan holda himoya qilyapmiz. Shunday ekan, bu juda muhim”, dedi u.

Kler Bigg maqolasi

XS
SM
MD
LG