Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:22

Obama Hillari Klinton nomzodini qo‘lladi


AQSh prezidenti Barak Obama o‘ziga vorislikka Hillari Klintonni eng loyiq nomzod, deb biladi. Obamaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar prezidenti lavozimiga hech kim sobiq Davlat kotibi Hillari Klintonchalik munosib emas.

9 iyun kuni yoyinlangan videorolikda Obama “Klintonni yoqlab kampaniya o‘tkazish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutayotgani”ni aytgan.

Bungacha Barak Obama Demokratlar partiyasidan bo‘lgan Klintonning raqibi Berni Sanders bilan uchrashgandi.

Obama dastagini olqishlagan Hillari Klinton prezidentlikka saylangudek bo‘lsa, dastlabki 100 kunini galdagi moliyaviy bo‘hronga yo‘l qo‘ymaslik uchun Uoll-Stritni tartibga solishga bag‘ishlashini bildirdi.

O‘z navbatida, Sanders saylov kampaniyasini davom ettirishini va uning asosiy moddalarini Demokratlar partiyasining iyulь oyida o‘tkazilajak qurultoyi kun tartibiga olib chiqishini bildirdi. Hillari Klinton nomzodini qo‘llamayotgan Berni Sanders ayni paytda respublikachilar nomzodi Donald Tramp prezident etib saylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG