Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:00

Toshkent Aqto‘bedagi voqealar yuzasidan Ostonaga hamdardlik bildirdi


O‘zbek rasmiylari Aqto‘bedagi voqealar yuzasidan qozog‘istonliklarga hamdardlik izhor qildilar.

“Jahon” axborot agentligi xabariga ko‘ra, 9 iyun kuni Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida Aqto‘be shahridagi terroristik xuruj qurbonlariga bag‘ishlab mamlakatda milliy motam kuni e’lon qilinganligi munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritilgan.

Yakshanba kuni noma’lum shaxslar guruhi Qozog‘istonning Aqto‘be shahridagi ikki qurol-aslaha do‘koni va harbiy qismga hujum qilgandi. Hujum oqibatida mahalliy aholi vakillaridan 4 kishi va Milliy gvardiyaning 3 askari halok bo‘lgan. Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi aksilterror amaliyoti chog‘ida hujumchilardan 13 kishi yo‘q qilinganini bildirdi. Qozoq rasmiylari hujumchilar noan’anaviy diniy oqimga mansub kishilar ekanini iddao qilmoqda.

Aqto‘bedagi voqealar ortidan 9 iyun Qozog‘istonda “Milliy motam kuni” deb e’lon qilingan.

XS
SM
MD
LG