Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:27

Sariq ishton uchun qizil kartochka


Eronlik futbolchi nomaqbul hatti-harakatlari, jumladan, Kvadrat ishtonli Gubka Bob stilidagi ishton kiygani uchun mahalliy matchlardan olti oyga chetlatildi. Futbolchi 2014 yilgi jahon chempionatida Eron komandasida o‘ynagan. Hozirda Eronning professional ligasida Persepolis klubida o‘ynaydi.

7 iyun kuni Eron matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Eron futbol federatsiyasi odob-ahloq qo‘mitasining bu qaroriga darvozabon Sosha Makaniyning “noan’anaviy” kiyimi sabab bo‘lgan.

Chargh Daily gazetasi chop etgan suratda Makaniyning och sariq shim bilan quvnoq havorang futbolka kiyib olganini ko‘rish mumkin.

Kvadrat ishtonli Gubka Bob bolalar mulьtfilьmi qahramoni bo‘lib, AQShda joylashgan Nickelodeon hamda MTV media tarmoqlariga millionlab dollar foyda olib keladi.

Varzesh3 sport saytining xabar berishicha, odob-axloq qo‘mitasi a’zosi futbol federatsiyasi qayta-qayta Makaniyni nima uchun bunday kiyinganini izohlab berishga chorganini, lekin futbolchidan javob bo‘lmaganini aytgan.

Ismi oshkor qilinmagan rasmiy “Biz ushbu milliy futbol komandasi o‘yinchisining kiyimi va uning jamiyatga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirini e’tiborga olib, ushbu qarorga keldik”, degan.

Xabarlarda yozilishicha, Makaniy bu qaror ustidan arzlanishi mumkin. Qolaversa, qaror uning xalqaro matchlarda ishtorok etishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Makaniy bu muammolarga surat Internetda paydo bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilina boshlanganidan keyin uchradi. Ayrim xabar saytlari uning kiyimini “nomaqbul” deb baholab, futbolchini muxlislarga yomon o‘rnak bo‘lishda aybladi.

Futbol federatsiyasi odob-axloq qo‘mitasining kotibi Tasnim xabar agentligiga may oyida bergan intervьyusida taniqli shaxslar “o‘zini yaxshi tutishi kerak” ekanligini aytgan edi.

O‘shanda kotib “Bu odamlar xohlasa ham, xohlmasa ham, yoshlar uchun o‘rnakdir”, degan edi.

Ayrim eronliklar futbolchiga qarshi ko‘rilayotgan jazo ustidan kuldi.

“Biz bolalar bog‘chasidamizmi? Nima kiyishi bilan nima ishlari bor?”, deb yozdi Twitter foydalanuvchilaridan biri.

Yana bir Twitterchi “Makaniyni sariq ishton sabab chetlatishdimi, demak mana bu mulla martabasidan tushirilishi kerak” deb yozib, sharhiga sariq ko‘ylak kiyib olgan din peshvosining suratini tirkadi:

Makaniy bu holatga ommaviy ravishda izoh bergani yo‘q. Futbolchi bundan avval ham Eronning radikal hukumati bilan muammo duch kelgan.

Futbolchi yil boshida qars o‘ramagan ayollar bilan tushgan suratlarini Internetda bo‘lishgani uchun qo‘lga olinib, qamalgan edi. Keyinroq Malaniy Eron futbol chempionatida ishtirok eta olishi uchun uni qo‘yib yuborishdi.

1979 yilgi Islomiy inqilobdan keyin ta’sis qilingan qoidalarga ko‘ra, eronlik ayollar sochini yashirib yurishi, erkaklar esa jamoat joylarida kamtar kiyinishi kerak.

2015 yilning iyulida Tehron xalqaro sanksiyalar bekor qilinishi evaziga o‘z yadroviy dasturini qisqartirish majburiyatini olganidan keyin mamlakat rasmiylari g‘arb mamlakatlari ta’siri bilan yanada qattiqroq kurasha boshladi.

Nodir Otaev tarjimasi

XS
SM
MD
LG