Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 16:52

Dunyo bo‘ylab “Stop Putin! Stop War” nomi ostida aksiya o‘tkazilmoqda


Dunyoning ko‘pgina davlatlari, jumladan AQSh, Kanada, Ukrainada “Stop Putin! Stop War” chaqiriqlari bilan norozilik aksiyalari o‘tkazilmoqda.

Aksiya ishtirokchilari dunyo jamoatchiligi e’tiborini Ukraina sharqidagi vaziyatga qaratish uchun Rossiyaning diplomatik vakolatxonalari oldida piket o‘tkazishni rejalamoqda.

Tadbir uyushtiruvchilaridan biri Irina fon Burgning Ozodlikka aytishicha, ular Rossiya bosib olgan hududlar, jumladan Qrimdan qo‘shinlarini olib chiqshini talab etishmoqda.

Agar ularning bu talabi qondirilmasa namoyishchilar ochlik e’lon qilishlarini aytishmoqda.

Ayni namoyishlar Amsterdam, Barselona, Budapesht, Vena, London, Lozanna, Moskva, Parij, Praga, Syurix, Frankfurt va Ukrainaning bir qator shaharlarida ham o‘tkazilmoqda.

XS
SM
MD
LG