Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:05

Liviya kuchlari Sirt portini IShIDdan ozod etdi


Liviya milliy birlik hukumati kuchlari Sirt shahri porti ustidan nazoratni qayta qo‘lga olgan.

Bu haqda Reuters agentligi Liviya rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Avvalroq Liviya kuchlari IShIDning Sirt yaqinidagi aviabazasini qaytarib olgani va u yerda ekstremist guruhining yetakchilaridan birini yo‘q qilgani haqda xabar qilgandi.

Sirt Liviyaning hokimiyatdan ag‘darilgan rahbari Muammar Qaddafiy tug‘ilib o‘sgan shahardir.

Bir yil avval “Islomiy davlat” ekstremist guruhi strategik ahamiyatga molik bo‘lgan ushbu port shahrini ishg‘ol qilgan edi.

XS
SM
MD
LG