Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:55

O‘zbek chegarachilari mamlakat havo hududi buzilganini ma’lum qildi


10 iyunda Surxandaryo viloyati Muzrobod tumanida o‘zbek chegarachilari AN-2 rusumli uchoqning mamlakat havo hududini bir necha bor buzilganini qayd etganlar.

Bu haqda podrobno.uz veb sahifasi O‘zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Tanituvchi belgisi bo‘lmagan AN-2 uchog‘i taxminan 1000 metr balandlikda Turkmaniston hududi orqali ikki marta O‘zbekiston ichkarisiga 200 metrga uchib kirgan va ortga qaytgan.

O‘zbekiston chegaralarni qo‘riqlash qo‘mitasi agar o‘xshash holatlar yana takrorlansa, o‘z havo hududini himoya qilish uchun "zaruriy choralarni ko‘rish huquqini saqlab qoladi", deya rasman ogohlantirgan.

XS
SM
MD
LG