Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:36

UEFA Rossiya va Britaniyani diskvalifikatsiya xavfidan ogohlantirdi


UEFA Fransiyada o‘tayotgan Yevro -2016 futbol chempionati doirasida komandalar ishqibozlari zo‘ravonliklarni davom ettiradigan bo‘lsa, Britaniya va Rossiya futbol jamoalari diskvalifikatsiya qilinishini bildirdi.

12 iyun kuni UEFA Marsel shahrida shanba kuni rus va ingliz futbol ishqibozlari o‘rtasida mushtlashuv sodir etilgani ortidan Rossiya terma jamoasiga qarshi intizomiy tartibda ish ochganini ma’lum qilgan edi.

11 iyul kuni Marselda Rossiya va Britaniya futbol jamolalari o‘yini 1:1 hisob bilan yakunlanganitdan so‘ng rossiyalik ishqibozlar britaniyalik futbol fanatlariga zo‘ravonlik qilgan edi. UEFA Rossiya ishqibozlarini zo‘ravonliklarda va irqchilikda aybladi.

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko futbol ishqibozlarining harakatlari uchun Rossiya futbol ittifoqiga qarshi ish ochilishiga qarshi emasligini bildirdi. Ayni paytda u zo‘ravonliklar yuz berishida match tashkilotchilarining ham aybi bor, degan fikrda ekanini aytdi.

XS
SM
MD
LG