Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:08

O‘t o‘chiruvchilar Toshkentni yopishga safarbar qilindi


Toshkentda o‘tishi kutilayotgan ShHT sammiti oldidan shaharga kirish va chiqish yo‘llarini nazorat qilishga militsionerlar yetmagani bois o‘t o‘chiruvchilar ham safarbar qilindi. Manbalar ta’kidicha, O‘zbekiston poytaxtiga kirish va chiqishga joriy qilingan vaqtinchalik taqiq ShHT sammiti nihoya topishi bilan bekor qilinadi.

Ozodlikning huquq-tartibot tizimlaridagi bir-biridan mustaqil manbalarining aytishicha¸ shahardagi o‘t o‘chirish idoralari yuz foiz kazarma holatiga o‘tkazilgan:

"Yuz foiz kazarma holatidamiz. Shaharga tashqaridan kirishni nazoratga olganmiz. Propiskasi bo‘lmaganlarni ushlab, ROVDga olib borib rasmiylashtirgach¸ keyin ularni panelniydagi bomjlar saqlanadigan joyga olib borib qo‘ymoqdamiz. ShOS arafasida bizni oldimizga ham shaharga kirdi- chiqdini nazorat qilish vazifasi qo‘yilgan. Charchoq bilmay bu vazifani ado qilyapmiz. Shuning uchun pogon taqib yuribmiz"¸ dedi Toshkent shahar huquq-tartibot tizimlaridagi Ozodlik manbasi.

Tomi ketayotgan militsionerlar

Ozodlik yuz foizlik kazarma bois asablari qaqshagan militsiya xodimlaridan biri bilan gaplashdi.

Militsiya xodimi yil 12 oy davomida muttasil safarbarlik bois ichki tarkib hodimlarining ruhan va jisman charchaganligini aytdi:

"Navro‘z¸ mustaqillik tadbirlarida shaharni yopishda bizdan tirik qalqon sifatida foydalanishadi. ShOS bo‘yicha safarbarlik esa malol keladigan darajada og‘ir bo‘lyapti. Nagruzka haddan oshgan. Juda qiynalib ketganmiz. Charchoqdan tomimiz ketib qolyapti", deydi ismi aytilishini istamagan militsiya xodimi.

ShHT sammiti arafasida asablari qaqshagan badjahl militsionerning ko‘chadagi avtomobil old oynasini qo‘lidagi to‘qmog‘i bilan sindirayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Жаҳли чиққан ўзбек милиционери машина ойнасини синдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:17 0:00
Бевосита линк

Vokzallar yopiladi

Ozodlikning Shayxantoxur IIBsidagi manbasining aytishicha¸ tuman IIB shaxsiy tarkibi to‘laligicha ShHT sammiti xavfsizligini ta’minlashga safarbar qilingan:

"Vaqtincha chora sifatida O‘zbekiston poytaxtiga kirish va chiqish cheklandi. Bu cheklov temir yo‘l transporti va avtobus qatnovlariga ham oid. Ammo shahar ichkarisidagi transport qatnovida butkul cheklov yo‘q"¸ dedi Ozodlik manbasi.

Manbaning aytishicha, hukumatning maxsus ruxsatnomasi bo‘lgan mulozimlarga sammit paytida Toshkent shahriga kirish va chiqishiga izn beriladi.

Avvalroq "Novosti Uzbekistana" veb sayti ShHT sammiti xavfsizligini ta’minlovchi xizmatlar sammitdan bir hafta muqaddam, "fuqarolar uchun O‘zbekiston poytaxtiga kirish va chiqishni taqiqlashga" qaror qilgani haqida xabar tarqatgandi.

Xabarda ushbu qaror "oliy darajadagi xalqaro anjumanlarni o‘tkazish borasida jahon tajribasidan kelib chiqqan holda" olingani ta’kidlangan.

O‘zbekiston poytaxtiga kirish va chiqishga joriy qilingan vaqtinchalik taqiq ShHT sammiti nihoya topishi bilan bekor qilinadi.

Uchoqlar qatnovida o‘zgarish yo‘q

O‘zbekiston havo yo‘llari shirkati matbuot xizmatining Ozodlikka bildishicha¸ Toshkent aeroporti orqali uchib-qo‘nadigan uchoqlar jadvali ShHT sammiti kunlarida o‘zgarishsiz qoladi:

"Barcha aviaqatnovlar hech bir o‘zgarishsiz doimiy rejimda ishlaydi. Xalqaro qatnovlar hamda mahalliy qatnovlar jadvaliga o‘zgartirish kiritilmadi. Yana ham aniqroq aytsam, 13 iyun kuni bizga hech bir farmoyish kelmadi"¸ deydi shirkat matbuot xizmati xodimi.

Bundan oldin shaharga kirishni cheklash barcha turdagi avtomobillar va temir yo‘l transportiga, shuningdek, ba’zi aviaxizmatlarga ham taalluqli bo‘ladi, deb yozgan edi "Novosti Uzbekistana" veb sayti.

Abadiy qamal holatidagi shahar

Xozir AQShda istiqomat qilayotgan Toshkentlik me’mor Himatilla Turdievning Ozodlik muxbiri bilan yozishmada ta’kidlashicha ¸ O‘zbekiston poytaxti "bir odam xarxashasi uchun moslangani” bois ShHT paytida yopishga ehtiyoj yo‘q:

- Shahar markazi prezident eskortining katta sur’atda harakat qilishi uchun qurilgan estakada va yo‘llardan iborat poyga maydoniga o‘xshaydi. Hatto, Navoiy ko‘chasi o‘rtasidan devor ham tiklashdi. Mabodo janob oliylari o‘taëtganida hech kim yo‘lni kesib o‘tmasin, degan ma’noda. "Prezident trassasi" Toshkentning eng muhim alomatiga aylandi. Shu ma’noda bu trassa ShHT ga kelgan davlat rahbarlarini tashishda samarali rol o‘ynay oladi. Shaharni yopishga ehtiyoj yo‘q, deya ta’kidlaydi Hikmatilla Turdiev.

XS
SM
MD
LG