Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:56

Marseldagi to‘qnashuvlarda 150 rossiyalik ishtirok etgan


Marsel prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, 11 iyun kuni Rossiya va Angliya futbol jamoalari ishqibozlari o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvda 150 nafar rossiyalik ishtirok etgan.

Prokuror Bris Robinning Associated Press agentligiga bildirishicha, tartibsizliklarda ishtirok etgan rossiyalik fanatlarning maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.

Prokuratura angliyalik fanatlari tomonidan ham zo‘ravonliklar kuzatilganini aniqlagan.

Shanba kuni Rossiya va Britaniya futbol jamoalari o‘yini 1:1 hisob bilan yakunlanganidan so‘ng rossiyalik ishqibozlari britaniyalik futbol fanatlariga nisbatan zo‘ravonlik qilgan edi. Ushbu zo‘ravonliklar oqibatida 30dan ziyod odam jarohatlandi.

UEFA rus fanatlarini zo‘ravonlik va irqchilikda ayblab, Rossiya terma jamoasiga qarshi intizomiy tartibda ish ochganini ma’lum qildi.

UEFA Evro -2016 futbol chempionati doirasida komandalar ishqibozlari zo‘ravonliklarni davom ettiradigan bo‘lsa, Britaniya va Rossiya futbol jamoalari diskvalifikatsiya qilinishini bildirdi.

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko futbol ishqibozlarining harakatlari uchun Rossiya futbol ittifoqiga qarshi ish ochilishiga qarshi emasligini bildirdi. Ayni paytda u zo‘ravonliklar yuz berishida match tashkilotchilarining ham aybi bor, degan fikrda ekanini aytdi.

XS
SM
MD
LG