Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:37

OzodlikOnline: ShHT sammiti uchun Toshkentni "qamal" qilish maqsadga muvofiqmi?


Ichki ishlar xodimlari tanaffussiz ishlab ruhan va jismonan charchaganlaridan shikoyat qilishmoqda
Ichki ishlar xodimlari tanaffussiz ishlab ruhan va jismonan charchaganlaridan shikoyat qilishmoqda

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 23-24 iyun kunlariga belgilangan sammitidan avval Toshkent shahrida fuqarolar harakatlanishiga jiddiy cheklovlar qo‘yilgani kuzatilmoqda. ShHT sammiti uchun Toshkentni "qamal" qilish maqsadga muvofiqmi? OzodlikOnline eshittirishining 14 iyun, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan sonida ana shu haqda gaplashamiz.

Jonli muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari, shuningdek, WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420.724.971.539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

Toshkentda 23-24 iyun kunlari o‘tkazilishi belgilangan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti oldidan rasmiylar misli ko‘rilmagan choralarni joriy etdi. Olti davlat rahbari ishtirok etadigan yig‘inidan 10 kun oldin O‘zbekiston poytaxtiga kirish yo‘llari qattiq nazoratga olinib, viloyatliklar kiritilmay qo‘ydi.

Toshkent ichida ham fuqarolarning harakatlanishi jiddiy cheklana boshlagani kuzatilmoqda. Toshkentda propiskasi bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari militsiya xodimlari tarafidan ushlanib, maxsus hibsxonalarga olib borilmoqda. Sammit ishtirokchilari mashinalari o‘tishi mumkin bo‘lgan yo‘llar nazoratga olinmoqda.

Bu asnoda kuch ishlatar idoralar xodimlari kazarma holatiga o‘tkazildi. Ichki ishlar xodimlari tanaffussiz ishlab ruhan va jismonan charchaganlaridan shikoyat qilishmoqda. Militsiya xodimlari etishmasdan, Toshkentdagi o‘t o‘chirish xizmatlari ham shaharni "qamal" qilish maqsadida safarbar etildi.

Toshkent sammitiga ShHTga a’zo davlatlar prezidentlaridan tashqari Hindiston va Pokiston rahbarlari hamda kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlar vakillarining kelishi kutilmoqda.

Lekin shunga qaramasdan, bitta sammitni deb butun boshli shaharni "qamal"ga olish qanchalik maqsadga muvofiq?

OzodlikOnline eshittirishining navbatdagi sonida ana shu haqda gaplashamiz.

14 iyun, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan interaktiv muloqotda Siz ham qatnashing.

Jonli muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari, shuningdek, WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420.724.971.539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG