Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:13

AQSh qo‘mondoni Toshkentda Islom Karimov bilan uchrashuv o‘tkazdi


AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Jozef Leonard Votel 14 iyun kuni Toshkentga keldi. Uni o‘sha kuniyoq prezident Islom Karimov qabul qildi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, prezident Islom Karimov va general Jozef Leonard Votel uchrashuvi paytida Afg‘onistondagi barqarorlikni tiklash masalalari muhokama qilingan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, seshanba kuni AQSh qo‘mondoni vazirlik rasmiylari tomonidan ham qabul qilingan. Uchrashuvda tomonlar mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashgan.

Tashqi ishlar vazirligi AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondonining Toshkentga safariga oid boshqa ma’lumotlarni bermadi.

XS
SM
MD
LG