Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:54

O‘zbekistonda 3 oyda favqulodda holatlarda 48 odam halok bo‘ldi


Joriy yilning birinchi uch oyligida O‘zbekistonda favqulodda holatlarda 48 odam halok bo‘ldi.

Podrobno.uz. nashrining rasmiylarga tayanib xabar berishicha, o‘tgan yilning shu davrida yuz bergan 37 favqulodda holatda 63 odam halok bo‘lgan edi.

Xabarda yozilishicha, uch oy davomida O‘zbekistonda 28 ta favqulodda holat yuz bergan. Ularning 8tasi avtoto‘qnashuv, 6 tasi zilzila, 5tasi zaharli moddalar bilan zaharlanish, 2tasi yong‘in va 1 tasi ovqatdan zaharlanishdir.

Baxtsiz xodisalar oqibatida halok bo‘lganlarning asosiy qismi Namangan viloyatida yashagan.

Uch oy ichida yuz bergan favqulodda holatlarda Namanganda 16 odam, Qashqadaryoda 8 odam, Samarqandda 7 odam, Toshkentda 5 odam halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG