Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:18

AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlar sonini qisqartirish qarorini qayta ko‘rib chiqishi mumkin


AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter NATO bo‘yicha ittifoqchilariga o‘z mamlakati keyingi yili Afg‘onistondagi harbiy hozirligini qisqartirish bo‘yicha rejalarini qayta ko‘rib chiqayotganini bildirgan. Bu haqda Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon ma’lum qildi.

NATO davlatlari mudofaa vazirlarining Bryusselda o‘tgan uchrashuvidan so‘ng jurnalistlar bilan muloqot qilgan Fellonga ko‘ra, Karter hamkasblariga Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni va ularning joylashishi masalalari qayta tahlildan o‘tkazilmoqda.

Keyinroq o‘tkazilgan matbuot anjumanida Eshton Karter AQSh prezidenti Barak Obama avvalgidek Afg‘onistondagi vaziyat va bu vaziyatning yil oxirigacha Qo‘shma Shtatlar harbiy hozirligi darajasiga ta’sirini qayta ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi. Joriy rejaga ko‘ra, Vashington 2016 yil oxirigacha Afg‘onistondagi harbiylar sonini 9 ming 800 nafardan 5 ming 500 nafarga tushirmoqchi.

NATO mudofaa vazirlari Afg‘onistondagi bazalar umumiy dispozitsiyasini saqlab qolish haqida kelishib olganlar. NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergga ko‘ra, ayrim mamlakatlar Afg‘onistondagi qo‘shinlarini keyingi yilda ham saqlab qolishga tayyor. “Mintaqadagi hozirligimiz sharofati bilan biz afg‘on qo‘shinlariga maslahatlar berish va ularni o‘qitishda davom etamiz. Hozir biz 2017 yilda Afg‘onistondagi harbiylarimizning aniq soni qancha bo‘lishiga oid yakuniy reja ustida ishlayapmiz”, dedi Yens Stoltenberg.

XS
SM
MD
LG