Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:02

Misrning sobiq prezidenti Mursiy umrbod qamoqqa hukm etildi


Misr poytaxti Qohira mahkamasi mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyni Qatar foydasiga josuslik qilganlikda ayblab, bir umrlik qamoq jazosiga hukm qildi.

Ushbu ish bo‘yicha ayblanayotgan yana olti shaxsga o‘lim jazosi tayinlandi.

Ayblanuvchilar orasida "Alь-Jazira" telekanalining ikki jurnalisti ham bor.

Ularga o‘lim hukmi sirtdan o‘qildi.

“Musulmon birodarligi” islomiy tashkiloti bilan yaqin aloqasi bo‘lgan Muhammad Mursiy Misrga bir yil rahbarlik qildi.

2013 yilda u hokimiyatdan ag‘darildi.

Bundan avval Mursiy Misrdagi tartibsizliklarga aloqadorlikda ayblanib o‘limga hukm etilgandi.

XS
SM
MD
LG