Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:56

Sammit munosabati bilan Toshkent aeroporti 24 iyun kuni besh soatga yopiladi


Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti munosabati bilan 24 iyun kuni Toshkent xalqaro aeroporti soat 13dan 18gacha yo‘lovchilar uchun yopiq bo‘ladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkatining bildirishicha, aeroportning yopilishi ShHT sammitida ishtirok etgan rasmiy delegatsiyalarning uylariga qaytishi bilan bog‘liqdir.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston havo yo‘llarining soat 13dan 18gacha uchishi rejalashtirilgan reyslari 24 iyun kuni soat 18dan so‘ng amalga oshiriladi. Havo yo‘llari shirkati bu kabi noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

XS
SM
MD
LG