Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:05

Pravoslav cherkovlari liderlari 1200 yilda birinchi marta anjumanga yig‘ildi


Jahon pravoslav cherkovlari liderlari Rossiya va yana uch cherkovning baykotiga qaramay, 1200 yilda birinchi marta Muqaddas Buyuk Kengashga yig‘ildi.

Jahon patriarxi Varfolomey 19 iyun kuni boshlanib bir hafta davom etadigan anjumanning birinchi kuni Gretsiyaning Krit orolida ibodat o‘qidi.

“Bu Buyuk va Muqaddas kengash yakdillik mujdasi bo‘ladi”, dedi patriarx Varfolomey matbuotga bergan suhbatida.

Pravoslav cherkovlari liderlarining anjumaniga o‘n yillardan beri tayyorgarlik ko‘rib kelinganiga qaramay, cherkovlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga to‘la barham berilgani yo‘q. Shuning uchun Rossiya, Gruziya, Bolgariya va Suriya pravoslav cherkovlari liderlari Muqaddas Buyuk Kengash yig‘ilishiga baykot e’lon qildi.

XS
SM
MD
LG