Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:42

Ahmadboyga qarshi 20 ming ariza yozdirildi


Ahmadboy hibsga olinganiga oid Eltuz. com rassomi Kirpi chizgan karikatura
Ahmadboy hibsga olinganiga oid Eltuz. com rassomi Kirpi chizgan karikatura

Ahmadboy Tursunboevga foiz uchun pul va mol-mulk berganlarning aksariyati Chinoz va Yangiyo‘l tumani ichki ishlar bo‘limlariga chaqirtirilib, ariza olinmoqda. Ariza va tushuntirish xati ëzganlarga shaharni tark etmaslik talabi qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha¸ Ahmadboy bilan pul oldi-berdi qilganlar soni 45 mingni tashkil etadi.

Ozodlikning Toshkent viloyati huquq tartibot organlaridagi manbasining aytishicha, kreditorlardan ikki xil ko‘rinishdagi ariza yozdirib olinmoqda:

"Ahmadboyga aldanib, pul berdim degan da’vo arizasi va Ahmad Tursunboev ustidan ochilgan jinoyat ishida guvoh sifatida tushuntirish xati yozdirib olinmoqda. Tursunboevdan pul qarz olganlar esa moliyaviy firibgarlik sistemasi ishtirokchisi sifatida so‘roq qilinmoqda. Ish ko‘lami katta bo‘lgani uchun qo‘shimcha tregovchilar boshqa tuman va Toshkent shahridan jalb qilingan", deydi Ozodlik manbasi.

Ozodlik pochtasiga kelgan maktubda iddao qilinishicha¸ ariza berganlar juda ko‘pchilik:

"Ichki ishlar bo‘limiga ariza yozib berdik lekin biz ya’ni oddiy xalq uchun ijobiy natija chikishiga ko‘zimiz etmaydi. Melisaxonadagi ma'lumotga karaganda ariza berganlar soni bir necha o‘n mingni tashkil qiladi"¸ deyiladi maktubda.

16 iyun kuni O‘zbekistondagi telekanallar Ahmadboyning uyi tintuv kilinib, 7,9 million dollar va ichi oltin buyumlar bilan to‘la sumkalar musodara qilinganini ko‘rsatib, “Tursunboevga pul berganlar soni 40 mingdan oshiq" ekanini ta’kidlagan edi.

Ozodlikning huquq -tartibot organlaridagi manbasiga ko‘ra, Ahmadboyga qarshi ariza berganlar soni 20 mingdan oshgan:

"Chinoz "Avto Hamkor" shirkati rahbari Ahmad Hamidovich Tursunboevdan musodara qilingan papkalarga asoslanib, 45 ming odam firibgarlik qurboni bo‘lgan. 20 iyun kunigacha 20 ming kishidan ariza yozdirildi. Yana 25 ming kishidan ariza yozdirib olamiz. Ahmadboyning har bir mijozidan ariza yozdirish uchun 45 minutdan vaqt sarflanmoqda. Kunu-tun ishlayapmiz. Arizalar Chinoz tumani Chinoz shahri Sharof Rashidov ko‘chasi birinchi uyda qabul qilinayapti" dedi Ozodlik manbasi.

Manbaning aytishicha¸ ariza va tushuntirish xati yozganlarga shaharni tark qilmaslik talabi qo‘yilgan.

Xalq orasida “Ahmadboy” nomi bilan tanilgan chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunboevning Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi ofisi 15 iyun kuni qora niqobli maxsus gurux tomonidan o‘rab olinib, tadbirkorning o‘zi qo‘lga olingan edi.

Tadbirkorga qarashli “Chinoz Avto Hamkor” firmasi yiliga kamida 100 foizlik dividend va’dasi bilan odamlardan omonat olish bilan shug‘ullanib kelgan.

Chinoz «Avto Hamkor» shirkati rahbari Ahmad Tursunboev ustidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik), 168-moddasi (firibgarlik) va 170-modda (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Shuningdek Tursunboev 177-modda — valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda — chet el valyutasini yashirish bo‘yicha ham ayblanmoqda.zodlik suhbatlashgan va o‘zini Ahmadboyning yaqiniman deya tanishtirgan kishining aytishicha Ahmad Tursunboev 15 iyundan beri Yangiyo‘ldagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Tursunboevning Toshkentdagi MXX yerto‘lasiga olib ketilgani haqidagi gap-so‘zlar rasmiy isbotini topmadi.

XS
SM
MD
LG