Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:39

YeI diplomatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana uzaytirishga qaror qildi


Yevropa Ittifoqi (YeI) elchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytirishga kelishib oldilar.

YeIni jazo choralarini qo‘llashga Rossiyaning Ukrainaga qarashli Qrim yarim orolini anneksiya qilgani va Ukraina sharqidagi bo‘lginchilarni qo‘llab-quvvatlagani undagan edi.

Diplomatlar 21 iyunda Lyuksemburgda olgan qaror kuchga kirishi uchun kelgusi hafta Bryusselda bo‘lib o‘tajak YeI liderlari sammitida tasdiqdan o‘tishi zarur.

Germaniya kansleri Angela Merkel iyul oyi oxirida nihoyasiga yetishi kerak bo‘lgan mavjud sanktsiyalarni uzaytirishni talab qilgandi.

Biroq YeIning ba’zi a’zolari murosa yo‘lini tanlash zarurligini aytadi.

Xabarlarga ko‘ra, Angela Merkel Slovakiya, Vengriya va Italiya kabi mamlakatlarni, o‘z e’tirozlarini bir chetga surib qo‘yib, sanksiyalarni yanvar oyi oxirigacha ushlab turishga chaqirgan.

Rossiya moliya va energiya sohalarini nishonga olgan sanksiyalar ilk bor 2014 yil iyun va iyul oylarida joriy etilgandi va o‘shandan buyon har olti oyda uzaytirib kelinmoqda.

XS
SM
MD
LG