Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:32

Poroshenko: Donbassda hozir shaffof saylov o‘tkazish imkonsiz


Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning aytishicha, Rossiyaga qarshi g‘arb qo‘llayotgan sanksiyalarni Donbassdagi mojaro tinch yo‘llar bilan hal qilinsagina yengillatish mumkin.

Bu haqda Poroshenko seshanba kuni Parijda Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan muloqoti ortidan matbuot yig‘inida e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri “deokkupatsiya” jarayoniga bog‘liq.

Buning uchun, Poroshenkoning ishonishicha, Rossiya Ukraina hududidan qo‘shinlarini olib chiqishi, qurol-yaroq etkazib berishni to‘xtatishi, YeXHT maxsus kuzatuv missiyasiga nazorat qilinmayotgan hududlarga borishga izn berishi, garovdagilarni ozod etishi va siyosiy jarayonni boshlashi shart.

Poroshenko saylovlar haqqoniy va shaffof bo‘lishiga ishonch bildirdi, ammo hozirgi sharoitda bu imkonsiz.

XS
SM
MD
LG