Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:06

Afg‘oniston janubida Tolibon jangarilari yigirmadan ko‘proq odamni o‘g‘irlab ketdi


Afg‘on rasmiylarining aytishicha, Helmand viloyatida Tolibon jangarilari yigirma nafardan ko‘proq odamni o‘g‘irlab ketganlar.

Hodisa 21 iyun tongida Helmand viloyatining Vashir tumanida yuz bergan.

Viloyat hokimining so‘zchisi Umar Zvok so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlab ketilgan odamlar bir avtobus va ikki yuk mashinasida Qandahor shahridan Hirot shahriga ketayotgan bo‘lishgan.

Afg‘on rasmiylari fikriga ko‘ra, ular Tolibonning asosiy tayanch nuqtasi - Hilmand viloyatining Marja tumaniga olib ketilgan bo‘lishi mumkin.

Guvohlarning aytishicha, avtobusni to‘xtatgan jangarilar Afg‘oniston Milliy Armiyasi libosida bo‘lganlar va dastlab 60 kishini qo‘lga olganlar.

Ularga ko‘ra, ayollar va bolalar keyinchalik qo‘yib yuborilgan.

Tolibon chiqargan bayonotdan ma’lum bo‘lishicha, jangarilar afg‘on rasmiylarini qidirmoqda va Kobul hukumatiga ishlamagan shaxslar qo‘yib yuboriladi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, qolganlar, Tolibon ta’birida aytganda, “Islomiy adolatga ro‘baro‘ bo‘lishadi”.

XS
SM
MD
LG