Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:51

O‘zbekiston OITV tarqatilishi bo‘yicha mintaqada yetakchi


Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida odam immuntanqisligi virusi eng ko‘p O‘zbekistonda tarqalmoqda. Bu haqda BMT OITV/OITS bo‘yicha dasturining (UNAIDS) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy dastak guruhi direktori Viney Patrik Saldana 22 iyun kuni Qozog‘iston poyxaxtida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

- Biz Markaziy Osiyo mamlakatlarida kasallikning tarqalishi bo‘yicha mutlaqo bir-biridan farqli ko‘lamni kuzatayapmiz, - dedi Viney Saldana.

U O‘zbekistonda odam immuntanqisligi virusi eng ko‘p tarqalishini bu o‘lkada mintaqaning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq aholi istiqomat qilishi bilan izohladi.

UNAIDS vakili Turkmaniston mintaqa davlatlari orasida BMTga odam immuntanqisligi virusiga chalingan odamlar bo‘yicha ma’lumot bermagan yagona davlat bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

XS
SM
MD
LG