Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:36

Britaniyaliklar YeIda qolish-qolmaslik bo‘yicha ovoz bermoqda


23 iyun kuni Buyuk Britaniyada mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibida qolish-qolmasligi bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda.

Referendumda qatnashish uchun 46¸5 million odam qayddan o‘tdi¸ ovoz berish uchastkalari ertalabki 7 dan tungi 10 gacha ovoz berish uchun ochiq bo‘ladi.

Bu tadbir natijalari g‘arbdagi barcha mamlakatlar kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.

So‘nggi kunlar ichida so‘rov natijalarini o‘rgangan tahlilchilar ma’lumotiga ko‘ra, yevrointegratsiya tarafdorlari soni unga qarshilar sonidan taqriban 0,6 foizga ozroq. Saylovchilarning 9 foizi esa bu borada hali bir qarorga kelmagan.

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligini bosh vazir - konservator Devid Kemeron, leyboristlar rahbari Jeremi Korbin va Liberal demokratlar partiyasi lideri Tim Farror qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular Yevropa Ittifoqi tarkibida bo‘lishning iqtisodiy va siyosiy afzalliklariga urg‘u bermoqdalar.

Yevroskeptiklar esa eng avvalo mamlakatga immigrantlar oqib kelishi bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratmoqdalar.

Dunyo liderlari, etakchi shirkatlar, sarmoyadorlar Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uning ta’sirini kamaytirishi, jahon bozorida jiddiy talotum yuzaga keltirishi va kelajakda bir necha avlod hayotida aks etishini ta’kidlamoqdalar.

Referendum yakuniy natijalarining 24 iyun kuni tongda e’lon qilinishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG