Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:22

Bugun Toshkentda ShHT sammitining asosiy qismi bo‘lib o‘tadi


Bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining asosiy qismi bo‘lib o‘tadi.

Sammitga yig‘ilgan prezidentlar dastlab tor doirada, so‘ngra delegatsiyalar ishtirokidagi kengaytirlgan tartibda yig‘ilish o‘tkazadi.

Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, tashkilotning 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi va boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

Tashkilotga a’zo davlatlar prezidentlari YevrOsiyo makonidagi integratsiyaviy loyihalar, jumladan, YevrOsiyo iqtisodiy ittifoqi hamda Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari loyihalarini muhkoama qiladi.

Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish jarayonining so‘nggi bosqichi yakunlanadi. Mazkur davlatlar Qozog‘istonda 2017 yilning iyunida o‘tadigan ShHTning navbatdagi sammitida tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida ishtirok etadi.

23 iyunь kuni Toshkentda boshlangan ShHT sammitida tashkilotga a’zo Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, O‘zbekiston prezidentlari, tashkilotda kuzatuvchi va hamkor davlat maqomiga ega bo‘lgan mamlakatlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

XS
SM
MD
LG