Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:32

Rim papasi Armanistonga 3 kunlik safarini boshladi


Bugun Yerevan aeroportida Rim papasi Fransisk arman o‘riklari va lavashlari bilan kutib olindi.

Interfaks xabariga ko‘ra, Fransisk Armanistonda uch kun bo‘ladi va uning Yaqin Sharqdagi urush girdobida qolgan hududlarda mushkul vaziyatda qolgan nasroniylar borasida chiqish qilishi kutilmoqda.

Armaniston Suriya va Iroqdan kelgan o‘n minglab qochqinlarni qabul qilgan.

Papa 1915-1917 yillardagi Usmonli imperiyasi qurbonlariga o‘rnatilgan yodgorlikka tashrif buyurishi rejalangan.

Fransisk Armaniston sobiq ittifoqdan mustaqil bo‘lganidan buyon ushbu mamlakatga borgan ikkita Rim papasi bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG