Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:45

DTM: O‘qishga hujjat topshirishda biometrik pasport talab etilmaydi


O‘zbekiston Davlat test markazi mulozimlariga ko‘ra, mamlakat oliygohlariga 2016-2017 o‘quv yili uchun hujjat qabul qilish jarayonida abiturientlardan biometrik pasport talab etilmaydi.

Markaz mulozimlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda abiturientlar eski, lekin muddati o‘tmagan pasportlari bilan ham hujjat topshirishi mumkinligini aytdi.

- Eski pasportlar mamlakat ichida 2018 yil 1 iyulga qadar haqiqiy hisoblanadi. Shu bois abiturientlar eski pasport bilan ham hujjat topshira oladilar. Lekin, pasportni amal muddati o‘tib ketmagan bo‘lishi kerak, - dedi O‘zbekiston Davlat test markazi mulozimi.

Bu yil ham qariyb yarim million abiturient oliygohlarga hujjat topshiradi.

Avvalroq, abiturientlar orasida hujjat topshirishda faqat biometrik pasport talab qilinishi haqida gap-so‘zlar tarqagandi.

XS
SM
MD
LG