Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:02

"Islomiy davlat" Afg‘oniston sharqidagi viloyatga hujum qildi


Afg‘oniston rasmiylariga ko‘ra, mamlakat sharqida “Islomiy davlat” jangarilari va hukumat xavfsizlik kuchlari o‘rtasida shiddatli janglar kechmoqda.

Afg‘on xavfsizlik kuchlaridan kamida o‘n kishi o‘lgan va yana o‘n sakkiz kishi yaralangan, deyiladi 26 iyunda Nangarhor viloyati hokimi Salim Xon Kunduziy chiqargan bayonotda.

Mahalliy rasmiylarning iddao qilishlaricha, o‘tgan uch kun ichida yuz bergan to‘qnashuvlarda “Islomiy davlat” jangarilarining 100 nafaridan ko‘prog‘i o‘ldirilgan.

Ammo talafotlar borasidagi aniq raqamlarni o‘rganishning imkoni yo‘q.

Nangarhor viloyati Ko‘vt tumanida 25ga yaqin uy yonib ketgan va yana besh oddiy fuqaroning o‘g‘irlab ketilgani xabar qilinadi.

Suriya va Iroqda yirik hududlarni nazorat qilayotan guruh -“Islomiy davlat”ga bayat qilgan jangarilar o‘tgan oylarda AQSh havo hujumlaridan qochib, Pokiston bilan chegaradosh tog‘li hududlarda panoh topgandi.

XS
SM
MD
LG