Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:17

O‘zbekistonda yakshanba kuni 3-3,5 balli zilzila yuz berdi


Yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 16dan 16 daqiqa o‘tganida O‘zbekistonning ayrim hududlarida yer qimirladi.

“Toshkent” seysmik stansiyasining ma’lum qilishicha, poytaxtda zilzila 3 ball, Andijon, Namangan va Farg‘onada 3,5 ball kuch bilan sezilgan.

Zilzila epimarkazi Qirg‘iziston va Xitoy chegarasida bo‘lib, Toshkentdan 420 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Zilzila epimarkazida 6-7 ball atrofida zilzila yuz bergan.

Zilzila oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

XS
SM
MD
LG