Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:04

Oliygohlarga hujjat topshirish vaqti o‘zgardi


2017 yildan boshlab O‘zbekiston oliygohlariga hujjat qabul qilish vaqti o‘zgaradi.

Lex.uz saytidagi ma’lumotga ko‘ra, bu haqda hukumat 16 iyunda maxsus qaror qabul qilgan.

Hukumat qaroriga ko‘ra, qabul jarayoni keyingi yildan 20 iyundan 20 iyulgacha emas, balki 15 iyundan 15 iyulgacha davom etadi.

Davlat konservatoriyasida esa qabul 15 iyundan 10 iyulgacha qilib belgilandi.

Endilikda oliy harbiy ta’lim muassasalarida ham test sinovlarini o‘tkazish vaqti 5 kun oldinga surildi. Keyingi yildan harbiy oliygohlarda test sinovlari 5 iyul kuni o‘tkazilada. Bu yil esa oldingi yillardagiday harbiylikka qiziqqanlar uchun 10 iyulь sinov kuni sifatida qoldirildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 59 oliy o‘quv yurti, markaziy oliygohlarning 15 fililali va xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarining 7 filiali faoliyat yuritmoqda.

XS
SM
MD
LG