Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:45

OzodlikOnline: O‘zbekiston ta’lim sohasida nimani o‘zgartirgan bo‘lardingiz?


O‘zbekiston hukumati ta’lim sohasida joriy qilayotgan o‘zgartishlar talabalar uchun qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda. O‘zbekiston ta’lim sohasida bugun qanday o‘zgarishlarni joriy qilgan bo‘lardingiz? OzodlikOnline eshittirishining 28 iyun, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan sonida ana shu haqda gaplashamiz.

Shu kunlarda O‘zbekiston oliygohlarida abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlangan bir paytda mamlakat oliy ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar oliy ma’lumot olishga talabgor o‘zbekistonliklar uchun qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin.

Toshkentdagi bir nechta oliy o‘quv yurtlarining qayta tashkil etilishi natijasida ularga faqatgina poytaxtlik abiturientlar qabul qilinadigan bo‘ldi, viloyatdan kelganlar ortga qaytarilmoqda.

Masalan, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti (TDPU) o‘qituvchilar sonini deyarli ikki barobarga qisqartirib, fakultetlarning aksarini pedagogika kolleji tasarrufiga o‘tkazayotgani bu o‘zgarishlardan biridir.

Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi prezident qarori ortidan allaqachon ikki bosqichni tugatib bo‘lgan talabalar taqdiri hozir savol ostida qolmoqda. Bu oliygohning Neft va gaz fakulьteti talabalari yoki Qarshi shahriga borib o‘qish yoki boshqattan kirish imtihoni topshirish tanlovi oldida qolgani to‘g‘risida Ozodlik xabar qildi.

Ozodlikka yana ma’lum bo‘lishicha, 25 iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev viloyatlar bilan selektor majlis o‘tkazib, bundan keyin 9-sinf bitiruvchilari faqatgina o‘z viloyatlaridagi kollejlarda o‘qishni davom ettirishlari to‘g‘risida topshiriq bergan.

O‘zbekiston hukumatining ta’lim sohasida joriy qilayotgan bunday cheklovlari qanday natija yoki oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb o‘ylaysiz?

Siz, O‘zbekiston ta’lim sohasida bugun qanday o‘zgarishlarni joriy qilgan bo‘lardingiz?

OzodlikOnline eshittirishining navbatdagi sonida ana shu haqda gaplashamiz.

28 iyun, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan interaktiv muloqotda Siz ham qatnashing.

Unda qatnashish uchun Ozodlikning ijtimoiy tarmoqlar va Skype manzillariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:

WhatsApp:(+ 420 724 971 539) + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713

IMO: + 420 724 971 539

SKYPE:ozodlikonline, ozodovoz

Jonli efirni eshitish uchun www.ozodlik.org saytiga kiring.

YOUTUBE orqali www.youtube.com/ozodlikradiosi

Facebookda hamjonli eshitish tugmachasi bor.

Mobil telefonlarda TUNE IN RADIO ilovasini o‘rnating va OZODLIK deb qidiring.

XS
SM
MD
LG