Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:01

Rossiyada Putinga ishonuvchilar soni kamaymoqda


Rossiyada prezident Vladimir Putinga ishonuvchi rossiyaliklar soni oxirgi bir oy davomida 2 foizga kamaydi, biroq uning siyosatini qo‘llab-quvvatlovchilar 1 foizga oshdi. Rossiyaning “Levada” ijtimoiy so‘rov markazi olib borgan bu tadqiqot natijalariga ko‘ra, Rossiya hukumati va parlamenti ishini mamlakatning deyarli yarim aholisi ma’qul deb topmagan.

“Levada” ijtimoiy so‘rov markazi Rossiya aholisi orasida o‘z tadqiqotlarni olib borishni davom ettirmoqda.

Markazning “Ma’qullash va ishonch iyunь reytinglari” nomi ostida e’lon qilingan so‘roviga ko‘ra, o‘tgan bir yil davomida Vladimir Putin reytingi 89 dan 81 foizga tushib qolgan.

Umuman olganda, yil boshidan buyon Vladimir Putinning aholi orasidagi nufuzi 80 va 82 foiz orasida siljib yurgani qayd etildi.

Shunday qilib, 2016 yilning iyun oyida Vladimir Putinning prezidentlik kursisidagi faoliyatini 81 foiz rossiyalik ma’qulladi va 18 foizi undan norozi ekanini bildirdi. Bosh vazir Dmitriy Medvedevning hukumatni boshqara olishiga esa 51 foiz Rossiya fuqarosi ijobiy baho qo‘ydi (48 foiz odam Medvedev faoliyatidan norozi ekanini qayd etdi), vaholanki o‘tgan may oyida bu ko‘rsatkich 54-ni tashkil etgan edi.

So‘rovda ishtirok etganlarning deyarli yarmisi -51 foizi – federal hukumat faoliyatini salbiy baholadi. “Quturgan printer” nomi bilan aholi orasida nom olgan hozirgi Davlat Dumasi ishini 57 foiz odam yomon deb topdi.

Shuningdek, respondentlarga Rossiya jamoatchilik faollari va siyosatchilariga bo‘lgan o‘z ishonchi darajasini ham baholash taklif etildi. Birinchi o‘ringa kutilganidek 51 foiz bilan Vladimir Putin chiqdi. Biroq, Rossiya prezidentiga may oiyda ishonch bildirganlar soni 53 foizni ko‘rsatgani qaydga olingan edi.

Ishonch nuqtayi nazaridan keyingi o‘rinlarni Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Bosh vazir Dmitriy Medvedev, LDPR lideri Vladimir Jirinovskiy va kommunistlar doxiysi Gennadiy Zyuganovlar egalladilar.

Sotsiologlar hoqimiyat tepasida 1999 yildan buyon qolayotgan Vladimir Putin reytingining yuqori nuqtasi Qrimning Rossiya tomonidan ishg‘ol etilgan 2014 yilning bahoriga to‘g‘ri kelganini qayd etgandi. 2015 yilning oktyabrida Rossiya prezidenti reytingi ko‘rsatkichi Rossiyaning Suriyada boshlagan havo-harbiy amaliyotlari davomida 89,9 foizga chiqqani ekspertlar tomonidan qaydga olingani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergan edi.

Mazkur so‘rov joriy yilning 23-27 iyun kunlari Rossiyaning 48 mintaqasida va 137 aholi punktida 1600 respondent orasida o‘tkazildi.

XS
SM
MD
LG