Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:29

Hajga boruvchilarni chuv tushirgan “polkovnik”, fuqarolardan o‘marilgan millionlar


O‘zini MXX polkovnigi deb tanishtirgan firibgar Hajga yuboraman deb odamlardan katta miqdorda pul oldi. Kommunal xizmat vakili fuqarolardan yig‘ilgan millionlarni o‘zlashtirdi. Urganch tuman IIB pasport bo‘linmasi shu tuman fuqarosi sarson qilgan. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

O‘zini MXX polkovnigi deb tanishtirgan firibgar “Hajga yuboraman” deb odamlardan katta miqdorda pul oldi

Farg‘ona viloyatida o‘zini MXX polkovnigi sifatida tanishtirib, o‘nlab odamlarni chuv tushirib ketgan firibgar Egamberdi Hojibekov qo‘lga olindi (“Huquq”, 30 iyun). E. Hojibekov Toshkent shahridagi bozordan qalbaki guvohnoma ko‘rsatib, harbiy shim, kitel va polkovnik pogonini sotib olgan va firibiga odamlarni ishontirish uchun harbiy formada yurgan. Shu tariqa u qo‘qonlik T. Saidovdan Umra safariga yuborish va’dasi bilan 3 ming dollar, marg‘ilonlik N. Usmonovdan Haj safariga yuborish va’dasi bilan 4 ming dollar, toshkentlik K. Otaboevdan Koreyaga ishga jo‘natish va’dasi bilan 10 ming dollar, o‘rtachirchiqlik R. Jo‘raevdan “Neksiya” olib berish va’dasi bilan 12 ming dollar, marg‘ilonlik U. Topivoldievdan “Spark”, “Mersedes-Bents” va 30 dona tikuv mashinasi olib berish va’dasi bilan 95 million so‘m, toshkentlik K. Baxtiyorovdan otasining buyragini operatsiya qildirish uchun Pokistonga yuborish va’dasi bilan 75 million so‘m olgan. Avval ham firibgarlik uchun qamalgan E. Hojibekov yana ko‘plab fuqarolarni aldab ketgan. “Polkovnik” 5 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan va unga jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklangan.

Kommunal xizmat vakili fuqarolardan yig‘ilgan millionlarni o‘zlashtirib yubordi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kommunal to‘lovlar yig‘ish bo‘yicha nazoratchi bo‘lib ishlovchi Sh. M. fuqarolardan yig‘ilgan 22,6 million so‘mni o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan (“Postda”, 25 iyun). Fuqarolarga esa soxta kvitantsiyalar berib kelgan. Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi bir guruh fuqarolarning murojaati asosida vakolatini suiiste’mol qilgan kommunal to‘lovlar bo‘yicha nazoratchi qo‘lga olingan. Unga nisbatan tergov olib borilmoqda.

Urganch IIB pasport bo‘linmasi fuqaroni sarson qilgani aniqlandi

Xorazm viloyati Urganch tumani IIB pasport bo‘linmasi shu tumanda yashovchi fuqaro Quronboy Sharipovni sarson qilgani aniqlandi (“Iste’molchi”, 29 iyun). Fuqaro 2015 yilning yanvarida pasport alishtirish uchun Xalq bankiga lozim bo‘lgan pulni to‘lab, to‘lov pattasini pasport bo‘linmasiga keltirib bergan. Pasport stoli xodimlari: “O‘zimiz sizga xabar beramiz” degani uchun kuta boshlagan. 2016 yil 10 aprelida suratga tushish uchun borganida esa fuqaro Q. Sharipovdan Xalq bankidan pul to‘langani haqidagi patta nusxasini qayta olib kelish so‘ralgan. To‘lov pattasi pasport stoli bo‘lgani holda uni qayta-qayta sarson qilinishi oqibatida uning sog‘lig‘i yomonlashgan. Qayd etilishicha, sarsongarchilikka barham berilgan. Aybdorga qanday chora ko‘rilgani ochiqlanmagan.

XS
SM
MD
LG