Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:27

Qashqadaryo militsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari pichoqlandi


Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Chinaliev 2 iyul kuni tushga yaqin pichoqlab ketildi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, Chinaliev og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan va unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Ozodlik manbasi bergan xabarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining o‘rinbosari Jahongir Chinaliev 2 iyul kuni soat 12 lar atrofida noma’lum shaxslar tomonidan pichoqlab ketilgan.

Qarshi shahar hokimiyatida ishlaydigan Ozodlik manbasi ham shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi:

"Ha, boshliq muovini Chinaliev pichoq jarohati olgan. Hozir kasalxonada. Uni kim va nima sababdan pichoqlagani hozircha ma’lum emas. Hozircha bor axborot mana shu". dedi mulozim.

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimi, qotillikka birinchi sabab oilaviy janjal bo‘lishi mumkinligini aytdi:

"Jahongir Chinaliev Toshkentdan kadrlar bo‘yicha muovin bo‘lib kelgan. Bizning bilishimizcha, u birinchi xotinini urib, haydab yuborgan ekan. Shunga undan qasd olgan deyishyapti, lekin hozircha bu tasdiqlangan emas", dedi mulozim.

Qashqadaryo viloyati shoshilinch tibbiy yordam markazining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimi, Jahongir Chinaliev ularga soat 12 yarimda olib kelinganini aytdi:

"Juda og‘ir ahvolda olib kelishdi. Besh joyidan pichoqlangan ekan. Shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bemorning ahvoli juda og‘ir. Hozir operatsiyadan so‘ng narkozda yotibdi, hali o‘ziga kelgan emas", dedi shifokor.

Ozodlik voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG