Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:22

Prezident Karimov uni "dohiy" deb atashlariga qarshi chiqdi


Islom Karimovning Surxandaryo va Qashqadaryoga safari bir kun o‘tib O‘zbekiston davlat televideniesi orqali namoyish etildi
Islom Karimovning Surxandaryo va Qashqadaryoga safari bir kun o‘tib O‘zbekiston davlat televideniesi orqali namoyish etildi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov uni “dohiy”, deb atashlariga qarshi ekanini bildirdi. Karimovning bu fikri 30 iyunda Surxandaryo viloyati Termiz tumanida mahalliy dehqon-fermerlar bilan uchrashuvi chog‘ida yangradi.

O‘zbekistonni chorak asrdan ko‘proq vaqt davomida idora yetib kelayotgan prezident, shuningdek, dehqonlarga paxta, bug‘doy va meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha o‘gitlar berdi.

Yurtboshi idoriy uslub, yoshlar tarbiyasi, vijdon, o‘zbek xalqi sabrining chegarasi va Shanxay Hamkorlik Tashkilotida tushgan raqsiga ham to‘xtaldi.

Suhbat qariyb bir soat davomida O‘zbekiston davlat televideniesi orqali 1 iyulda namoyish etildi.

Dohiy va yoshlar

Islom Karimov viloyatlarga safari chog‘ida fermerlar bilan tez-tez uchrashib turadi
Islom Karimov viloyatlarga safari chog‘ida fermerlar bilan tez-tez uchrashib turadi

Islom Karimov uchrashuv paytida O‘zbekistondagi tinchlik uchun uni olqishlay boshlagan faxriylardan birining gapini bo‘lib, uni dohiyga chiqarishlariga “shaxsan mutlaqo” qarshi ekanini aytdi.

Tepada dohiy o‘tiribdi, deb bunaqa gaplarni ko‘p ishlatsak, noto‘g‘ri... Hammamiz ongli yashashimiz kerak. Bizlarda oddiy odam yo‘q. Hamma odamlarni avvalambor miyasi bor, avvalambor hayotga munosabati bor. Shu nuqtai nazardan, ho‘v tepada o‘tiribdi, ular biladi nima qilishni, biz faqat “yest” qilamiz, degan gaplarni eski zamon endi o‘zi bilan olib ketdi. Men shaxsan bunaqa gaplarga mutlaqo qarshiman,” dedi Islom Karimov.

Islom Karimovning aytishicha, O‘zbekiston hukumati “o‘z fikriga ega, mustaqil yoshlarni” tarbiyalamoqda.

Bizlar kimni tarbiyalayabmiz? O‘z fikriga, o‘z ongiga suyanadigan yoshlarni, mustaqil yoshlarni tarbiyalayabmiz,” dedi Islom Karimov.

Karimovga to‘g‘ri kelmaydigan usul

O‘zbekiston prezidenti mamlakatni rivojlantirishda, o‘z ta’birida, “tepadan turib, baqirib yoki... zo‘ravonlik” bilan idora qilish uslubiga qarshi ekanini aytdi.

Joylardan chiqishi kerak tashabbus. Ho‘ tepadan turib, baqirib yoki boshqa, aytaylik, zo‘ravonlik yo‘li men uchun to‘g‘ri kelmaydi,” dedi Islom Karimov.

U o‘zi idora qilayotgan o‘zbek xalqining sabri haqida gapira boshladi va so‘ngra mavzuni yoshlarga o‘girdi.

Xalqimiz hamma narsaga chidaydi, lekin adolatsizlikka chiday olmaydi, - dedi Islom Karimov. – Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, baribir, vijdonli odamlarimiz ko‘payapti, yoshlarimiz, yangi avlod o‘sayapti. Bu avlodga bizlar bag‘rimizni ochib, yana va yana shular bilan, yoshlar bilan g‘ururlanib yashash buyam bizning 25 yillik to‘yimizga to‘yona bo‘lishi kerak,” dedi Islom Karimov.

Tasodifiy raqs

O‘zbekiston prezidenti mamlakat televideniesi orqali bir soat davomida ko‘rsatilgan uchrashuv so‘ngida yaqinda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti gala kontsertiga ham to‘xtaldi.

Kontsertda Karimovning raqsga tushayotgani tasvirlangan Ozodlik videolavhasini ijtimoiy tarmoqlarda bir hafta ichida yuz minglab odam tomosha qildi.

Каримов Шанхай саммитини лазги билан қизитди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:07 0:00

Karimov, o‘z raqsiga izoh berarkan, konsertni tomosha qilgan barcha sammit mehmonlarining “qoyil qolganiga guvoh” bo‘lganini aytdi.

U konsert paytida “tasodifan” raqsga tushganini e’tirof etdi.

Hammasi yonimda o‘tirib... Chap tomonimda, o‘ng tomonimda eng katta davlatlarning rahbarlari... Xitoyning rahbari bo‘ladimi... Hammasining qoyil qolganini men guvohiman. Va tasodifan, o‘zim kutmagandim, o‘yinga chiqib ketibman,” dedi Islom Karimov u bilan uchrashuvga kelgan fermerlar qiyqirig‘i va olqishlari ostida.

XS
SM
MD
LG