Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:04

Jizzaxda cho‘chqa boqmoqchi bo‘lgan ayolni mahalladan ko‘chirishmoqchi 


Kurazova huquqlarini talab qilib 11 marta piket o‘tkazgan
Kurazova huquqlarini talab qilib 11 marta piket o‘tkazgan

Jizzaxning G‘allaorol tumani Madaniyat qishlog‘ida yashovchi 32 yashar uy bekasi Violetta Kurazovaning OzodMikrofonga sim qoqib aytishicha, undan mahalladan ko‘chib ketishni talab qilishmoqda. Kurazovaning iddaosiga ko‘ra, unga cho‘chqa boqmoqchi bo‘lgani uchun bosim qilishayapti. Violetta shuningdek, "tortib olingan hovlisi uchun haq talab qilib o‘tkazgan piketlari bois ham mahalliy organlar tomonidan taziyqqa uchrayotganini" aytdi.

Violetta Kurazovaga ko‘ra, 30 iyunь kuni mahalla faollari va militsiya xodimlari uning uyiga ellik chog‘li odamni boshlab kelib, bosim o‘tkazgan:

- Ertalab soat 8 lar atrofida men vaqtincha yashab turgan dadamning uyiga Madaniyat qishloq fuqarolar yig‘ini oqsoqollari, G‘allaorol tuman huquqshunosi 50-60 kishini yig‘ib kelishdi. “Sen cho‘chqa boqmoqchisan. Sen xalq dushmanisan. Har doim Internetga chiqib turasan. Sen bola-chaqang bilan ko‘chib ket, bu yerda yashaymaysan”, deb hovliga bostirib kirib, haqorat qilib, toshbo‘ron qilishdi... 50-60 odamning ichida nechtasi tosh otganini bilmadim. Lekin tosh otganini ko‘rib, uyga kirib ketdim bolalarim bilan. Tosh tegdi oyog‘imga... Ular “Bizni hokimiyatdan olib chiqishdi. Sen cho‘chqa boqmoqchi ekansan. Biz seni qo‘ymaymiz”, deyishdi... Cho‘chqa boqish - oilani boqish uchun qo‘shimcha daromad bu ham. Dadam boshqa qishloqda turadi. Yaqinda bu yerga ko‘chib keladi. Hozir cho‘chqa uchun molxona qurayapmiz. Biz kichkinaligimizdan shuni boqib kelayapmiz. Shuning orqasidan kun ko‘rayapmiz. Qonunda cho‘chqa boqmaslik degan narsa yo‘q, - deydi suhbatdosh.

Kurazova bilan suhbatni quyida to‘liq tinglaysiz:

Вилоетта Куразова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:08 0:00
Бевосита линк

Violetta Kurazova 2013 yil yanvarida o‘ziga qarashli uy tortib olingach, o‘z haqini talab qilib, Toshkentdagi mustaqillik maydoni va O‘zbekiston prezidenti qarorgohi oldida jami 11 marta piket o‘tkazgan.

Ushbu piketlari orqali u o‘z talablarining qisman bajarilishiga erishdi: unga tortib olingan hovlisi evaziga yer uchastkasi berildi va oilasining propiskasi qayta tiklandi.

XS
SM
MD
LG